Digital Imkon
← Kurslar
Biznes va marketing

IT Park Uzbekistan yoşlar, talabalar va öz startapini rivojlantirmoqçi bölganlar uçun 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturini işga tuşirmoqda!

Format
Onlayn · Google Meet
Boshlanish
16-noyabr, 2026
Jadval
Du, Cho, Ju - 18:00
Joylar
48 ta bo‘sh

Kurs haqida

«Startap tashabbuslari» o‘quv kursi G‘oyadan to birinchi mijozlar va investorlargacha: startapni bosqichma-bosqich qurish bo‘yicha amaliy kurs. Kurs IT Park metodikasi asosida tayyorlangan va to‘liq o‘zbek tilida olib boriladi. Kurs kimlar uchun? Shaxsiy g‘oyasi bor yoki startapini endi boshlagan tadbirkorlar, talabalar, yosh mutaxassislar va startap trekerlari uchun. Kurs dasturi: 1-modul. Startaplar va innovatsiyalar. Startap nima, u oddiy biznesdan nimasi bilan farq qiladi, innovatsion loyihaning hayot sikli va O‘zbekistondagi startap ekotizimi haqida. 2-modul. MVP (minimal hayotiy mahsulot). Mahsulotni kam xarajat va qisqa muddatda sinab ko‘rish. MVP turlari va ularni to‘g‘ri tanlash. 3-modul. Customer Development. Mijozni chuqur o‘rganish, muammoli intervyular o‘tkazish, segmentlarni aniqlash va olingan javoblarni tahlil qilish. Bu modulda tayyor intervyu shabloni beriladi. 4-modul. HADI sikllari. Gipotezalarni tez tekshirish usuli: Gipoteza, Harakat, Natija (Data) va Xulosa (Insight). Har bir tekshiruvni HADI jadvali orqali yuritish o‘rgatiladi. 5-modul. Monetizatsiya. Daromad modelini tanlash, narx belgilash va mahsulotdan pul ishlashning amaliy usullari. 6-modul. Taqdimot tayyorlash. Investorlar, akseleratorlar va tanlovlar uchun pitch-deck tuzish hamda loyihani ishonchli taqdim etish. 7-modul. Trekshn karta. Startapning o‘sish yo‘lini rejalashtirish, asosiy ko‘rsatkichlar (metrikalar) va bosqichma-bosqich maqsadlar xaritasini tuzish. Kurs yakunida siz: ✅ g‘oyangizni bozor va mijozlar bilan sinab ko‘rgan bo‘lasiz; ✅ ishlaydigan MVP konsepsiyasiga ega bo‘lasiz; ✅ daromad modeli va o‘sish rejasini tuzgan bo‘lasiz; ✅ investorlarga ko‘rsatishga tayyor taqdimotni qo‘lingizga olasiz. 📚 Kurs materiallari: 7 ta modul, 300 dan ortiq slayd hamda amaliy shablonlar (muammoli intervyu va HADI jadvali).

O‘quv reja

01Startaplar va innovatsiyalar
02MVP asoslari
03Customer_Development
04HADI Davrlari
05Monetizatsiya
06Taqdimot yaratish
07Traction xaritasi

Ustoz

MM
Mohinur Mahmudova
Kurs ustozi